«Samarqandning eng faol jurnalisti» tanlovi gʻoliblari aniqlandi
2024-06-28 21:25:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat boʻlimi boshqaruv hayʼatining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan viloyat hokimligi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat boʻlimi hamda viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamkorligida anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan «Samarqandning eng faol jurnalisti» tanlovi yakunlari koʻrib chiqildi.
Tanlovning Axborot xizmati yoʻnalishida viloyat IIB axborot xizmati boshligʻi – ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining matbuot kotibi Sagdullayev Jahongir Ahmadjon oʻgʻli gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Bugungi kunda IIB Axborot xizmat tomonidan «Osoyishtalik yoʻlida», «Suhbat+», «Hodisa joyidan», «Sharq gavhari» koʻrsatuvlari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, efirga uzatilmoqda.