BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Ashita Mittal bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2024-06-28 18:15:00 / Yangiliklar

Joriy yil 27-iyun kuni IIV binosida Oʻzbekistonda oʻz missiyasini yakunlayotgan BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Ashita Mittal va Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari R. Ashropov oʻrtasida xayrlashuv uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi bilan turli loyihalar doirasida giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi, odam savdosi, kiberjinoyatlar, korrupsiyaga qarshi kurashish
va shu kabi boshqa dolzarb sohalarda hamkorlik holati va erishilgan natijalar boʻyicha muhokama qilindi.
Oʻz navbatida, Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari R. Ashropov yuqorida qayd etilgan ijobiy oʻzgarishlarda А.Миттал xonimning hissasi yuqoriligi, kelgusida ham mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish va mazkur sohadagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha islohotlarni tizimli ravishda davom ettirishini maʼlum qildi.