Fuqarolik pasportlari topshirildi
2024-06-28 17:35:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyati, Toshkent tumani «Madaniyat va maʼnaviyat» nomli Madaniyat saroyida Toshkent tumani aholisining murojaatlari yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari va tuman hokimi va mutasaddi tashkilotlar tomonidan navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi.
Tadbir davomida, hududdagi yigʻilib qolgan muammolar – kadastr, yoʻl taʼmiri, pasport tizimi, ijtimoiy yordam, noqonuniy qurilmalar, kredit olish kabi oʻnlab masalalar yuzasidan qilingan murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi.
Shundan soʻng, Toshkent viloyati IIBB boshligʻining oʻrinbosari polkovnik Axmadjon Pulatov tomonidan, Tojikiston Respublikasida tugʻilgan, Toshkent viloyatining Bekobod tumanida qariyb 27-yildan buyon yashab, fuqarolik pasportini ololmay kelayotgan Kurbanova Zuvayda Xamrokulovna hamda Amanova Shaxrinisa Egamberdiyevna hamda Magay Baxodir Erkinovichlarlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi tantanali ravishda topshirdi.