audio

    0+
    27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Axborot xizmati xodimlari taqdirlandi

    Taqdirlash marosimida general-mayor Azizbek Ikramov ishtirok etdi va soha xodimlarini bayram bilan tabrikladi.

    Jumladan, Prezidentimizning Fargʻonaga tashrifida belgilangan 6 ta yoʻnalishdagi topshiriqlari yuzasidan Mahallalarda jinoyatlarni jilovlash samaradorligini yanada oshirish, uyushmagan yoshlar bilan yangicha yondashuv asosida ish tashkil etish, «Xavfsiz oila» tamoyili asosida alohida ish tizimini yoʻlga qoʻyish, yoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilikni keskin qisqartirish, ayollar oʻrtasida jinoyatlarni keskin kamaytirish, yoʻllarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha tadbirlarni yoritib borishdagi ishlarni alohida eʼtirof etdi.

    Ichki ishlar organlari xodimlarining mashaqqatli va sharafli faoliyatini yoritib, xalqimizning xodimlarimizga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga oʻz hissasini qoʻshgan xodimlar munosib taqdirlandi.

    Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

    • view_icon 139
    : 2024-06-28 13:39:30