audio

    0+
    Ichki ishlar vaziri yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi

    Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov «Yoshlar oyligi» munosabati bilan ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar hamda IIV tizimidagi akademik litsey oʻquvchilari bilan uchrashib ular bilan samimiy muloqot oʻtkazdi, shuningdek yoshlarning taklif hamda mulohazalarini tingladi.

    Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik bois ertamiz umidlari ilm-fan, madaniyat, sport sohasida mamlakatimiz dovrugʻini yuqoriga koʻtarish maqsadida astoydil harakat qilishmoqda. Bu borada ularga har jabhada yelkadosh rahbarlar borligini alohida taʼkidlash lozim.

    Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri ayni maqsadda tizimda xizmat qilayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

    Muloqot avvalida soʻzga chiqqan Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov ayni kunda yoshlarni har tomonlama qoʻllab quvvatlash ularga zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida ichki ishlar organlarida qator islohot va tashabbuslar ilgari surilayotgani, oʻz navbatida, sohada kasbiga fidoyi va sadoqatli, yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarib, yuksak natijalarga erishgan koʻplab yosh xodimlar borligini taʼkidlab, ular bilan faxrlanishini bildirdi.

    Taʼkidlash lozim soʻngi sakkiz yil ichida Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakatimizda yoshlar masalalari Davlat siyosati darajasigacha koʻtarildi.

    Joriy yil — «Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili» deb eʼlon qilinganligi ham yoshlar masalasi naqadar muhim ekanligini aniq koʻrsatib bermoqda.

    Tashkil etilgan uchrashuv yoshlar tomonidan bildirilgan yangi tashabbus va takliflar bilan yanada qizgʻin oʻtdi. Ayniqsa yoshlar tomonidan yoʻllangan savollarga vazir tomonidan alohida eʼtibor qaratildi.

    Qayd etish lozim ayni kunda Ichki ishlar tizimida xizmat qilayotgan xodimlarning 30 foizini aynan yoshlar tashkil etadi hamda ular har jabhada faol va tashabbuskor.

    Ayniqsa sport sohasida qoʻlga kiritilayotgan yutuqlar yil sayin oshib bormoqda.

    Yosh xodimlar orasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish va isteʼdodlarni kashf etishga qaratilgan «Eng faol yoshlar yetakchisi», «Toʻmaris izdoshlari», «Zakovat», «Yosh kitobxon», «Quvnoqlar va Zukkolar», «Ajdodlar izidan», «Harbiy estafeta», «Jangovar marsh» kabi turli tanlov va musobaqalar oʻtkazib kelinishi esa ulardagi yangi isteʼdod va qobiliyatlarni kashf qilishda asos boʻlib xizmat qilmoqda.

    Uchrashuv davomida ana shunday fidoiy va yuqori natijalarga erishgan yosh xodimlar Ichki ishlar vaziri tomonidan turli idoraviy koʻkrak nishonlari,qoʻl soatlari, yangi xonadon olish uchun sertifikatlar va foizsiz ssuda olish uchun vaucherlar tantanali topshirildi.

    Tadbir yakunida Ichki ishlar vaziri tomonidan yoshlarga xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish oliy burch ekanligi, berilgan vazifalarni masʼuliyat va sharaf bilan ado etish har birimizning insoniylik burchimiz ekani taʼkidlandi.

    • view_icon 1382
    : 2024-06-27 07:10:48