IIV akademiyasi professor-oʻqituvchilari tomonidan Respublikamizning kriminogen vaziyati ogʻir mahallalari vakillari uchun seminar-trening oʻtkazilmoqda
2024-06-25 13:25:00 / Yangiliklar
Sayyor mashgʻulotlar hududlarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish maqsadida tashkil qilingan. IIV akademiyasi professor-oʻqituvchilari tomonidan ijtimoiy profilaktikaning mazmun-mohiyati, fuqarolar bilan ishlashda inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash mexanizmlari, “mahalla yettiligi” vakillarining ijtimoiy profilaktika obyektlari bilan amalga oshiradigan chora-tadbirlari, shuningdek, faoliyatga oid hujjatlarni yuritish tartibi batafsil tushuntirilmoqda.
Aytish joizki, shu kungacha Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridagi sayyor mashgʻulotlar yakunlanib, “mahalla yettiligi” aʼzolarining bilim va koʻnikmalari oshirildi. Oʻquv dasturiga koʻra, Navoiy, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida ham mashgʻulotlar tashkil etish rejalashtirilgan.
IIV akademiyasi Axborot xizmati