Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xizmat intizomi, qonunchilikni mustahkamlash borasida yigʻilish oʻtkazdi
2024-06-14 10:00:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov Narpay va Paxtachi tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xizmat intizomi, qonunchilikni mustahkamlash borasida yigʻilish oʻtkazdi.
Yigʻilishda bugun tumanlarning ayrim hududlaridagi jinoyatlarning oshganligi, ularning oʻz vaqtida oldi olinmaganligi tanqid ostiga olindi.
Shuningdek, jinoyat va huquqbuzarliklar, jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash, sodir etilayotgan qonunbuzarliklarga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha ham fikr mulohazalar bildirildi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtgan yigʻilish soʻngida boshqarma boshligʻi tomonidan xodimlarga xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilish borasida kerakli maslahat va tavsiyalar berildi.
Ayrim rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy choralar qoʻllanildi.
Xizmatida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan, korrupsiyaga qarshi murosasiz boʻlgan xodimlar va ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati