Navoiy viloyati IIBda faoliyat olib borayotgan mutaxassis-psixologlar hamda turmush ostonasidagi yigit-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi
2024-06-14 10:00:00 / Yangiliklar

Oilalar tinch totuv hayot kechirar ekan mamlakat rivoj va ravnaq topishi shubhasiz. Endigina oila qurayotgan yoshlar masʼuliyat va majburiyatlarini his qilishlari bilan bir qatorda oila qurishga ruhan tayyor boʻlishi lozim.
Bugungi kunda oilalardagi ajrimlarni oldini olish maqsadida Navoiy viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmatning mutaxassis-psixologlari tomonidan seminar trening tashkil etildi.
Nikohlanuvchi yoshlar ishtirokidagi uchrashuv davomida ayollarning jamiyatdagi oʻrni va oiladagi nufuzini oshirish, tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish shuningdek, oila mustahkamligini saqlash va osuda hayot kechirish borasida oʻz tavsiyalarini berishdi.
Bundan tashqari har bir inson oila va jamiyat oldidagi masʼuliyatini doimo his qilib yashashi kelgusida farzand tarbiyasida ham eʼtiborli boʻlish va osoyishta oila muhitini yaratish boʻyicha tushunchalar berildi.
Bu kabi uchrashuvlar kelgusida yosh oilalarga baxtli va farovon hayot kechirishiga yordam berishi shubhasizdir.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati