Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari boshchiligida IIV Qorovul qoʻshinlari va uning joylardagi harbiy qismlari shaxsiy tarkibi bilan tanqidiy muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi
2024-06-13 11:45:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 12-iyun kuni Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov tomonidan IIV Qorovul qoʻshinlari shaxsiy tarkibining xizmat intizomini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar asosida harbiy qismlari shaxsiy tarkibi ishtirokida tanqidiy muhokama yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishda, shaxsiy tarkibning axloqiy-ruhiy tayyorgarlik darajasini yanada koʻtarishga qaratilgan bir qator tadbirlarni jadallashtirish va koʻngilsiz hodisalarni kelib chiqishining oldini olish, xizmat intizomi va qonuniylikka amal qilish borasida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilanib, Qorovul qoʻshinlari qoʻmondoni, qoʻmondon oʻrinbosarlarining hisobotlari tinglandi.
Soʻng, vazir oʻrinbosari general mayor Б.Ю.Мирзарахимов tomonidan kelgusida har bir harbiy xizmatchilar bilan individual tartibda suhbatlar oʻtkazish, ularning oilaviy sharoitini oʻrganish, harbiy xizmatchilar oʻrtasida psixologik va ruhiy holatlarini sogʻlomlashtirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar belgilanib, shuningdek, korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilishini, firibgarlik va boshqa turdagi jinoyatlar sodir etilishini oldini olish borasida taʼsirchan profilaktik tadbirlar olib borilishi, sodir etilgan qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari, bunga imkon bergan shart-sharoitlarni batafsil oʻrganib, hamkorlikdagi organlar bilan birgalikda manzilli tadbirlarni amalga oshirish, qonun buzilishiga jazo muqarrarligi har bir harbiy xizmatchi ongiga singdirilishi yuzasidan vazifalar belgilandi.
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot xizmati