Jizzax viloyatida "Cyber month Jizzakh" targʻibot-tashviqot ishlari davom etmoqda
2024-06-11 09:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 10-iyun kunning birinchi yarmida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanining tibbiyot birlashmasi hamda Jizzax Davlat pedagogika Universitetida fuqarolarning kiberjinoyatlarning qurboniga aylanishini oldini olish, ularda kibersavodxonlikni oshirishga qaratilgan «Cyber month Jizzakh« tadbirlari doirasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Bundan tashqari, kunning ikkinchi yarmida Jizzax “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi, «ADM Jizzax» avtomobil zavodi va "Farali textile company" tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarida ishchi xizmatchilar o‘rtasida, shuningdek, tumanning chekka hududlarida joylashgan mahallalarda "mahallabay", "xonadonbay" va "fuqarobay" tizimi asosida uyma-uy yurib, aholiga kiberjinoyatlarning turlari, firibgarlar tomonidan ishlab chiqilgan va chuv tushirishga qaratilgan jinoyatlardan ogoh bo‘lish borasida tushuntirish berildi.
Mahalla yettiligi vakillari shu yo‘nalishdagi tadbirlar davomiyligini taʼminlash va doimiy ravishda tushuntirish ishlarini olib borishni maqsad qildi.
Jizzax viloyatidagi targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
IIV Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi