Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov Jizzax viloyatida oʻrganishlar olib bormoqda
2024-06-05 20:00:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini koʻpaytirish chora-tadbirlari muhokamasi boʻyicha videoselektor yigʻilishida mamlakatimizning turizm jozibadorligini oshirish, jumladan, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi atrofida ekoturizmni rivojlantirish boʻyicha bir qator topshiriqlar berildi.
Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Jizzax viloyati hokimiyatida Bosh prokuror oʻrinbosari polkovnik Sh.J.Toʻxtaboyev, Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov hamda viloyat hokimiyati va mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.
Manfaatdor vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat ishchi guruh Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi atrofida uzoq muddatli shartnoma asosida zamonaviy yengil konstruksiyali turizm infratuzilma obyektlarini tashkil etish, Ichki ishlar vazirligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida ov qilish, baliq ovlash, hayvonot, oʻsimlik dunyosidan, suv va suv havzalaridan foydalanish sohalar yuzasidan oʻrganishlar olib borilib, oʻzaro hamkorlikdagi harakatlar dasturini ishlab chiqish boʻyicha bir qator kelishuvlar amalga oshirilmoqda.
Vazir oʻrinbosarining Jizzax viloyatidagi oʻrganishlari davom etmoqda
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi