Hamkorlik aloqalari muhokama qilindi
2024-06-05 14:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 5-iyun kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasida xavfsizlik masalalari boʻyicha qoʻshma komissiyaning 3-yigʻilishi doirasida Saudiya Arabistoni Podshohligi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Nosir bin Abdulaziz Al-Doud boshchiligidagi soha masʼullaridan iborat delegatsiya bilan mamlakatimiz Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general mayor Davron Nazarmuxamedov oʻrtasida rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbir jarayonida tomonlar ikki mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari oʻrtasida transmilliy jinoyatlar, terrorizm, ekstremizm, noqonuniy migratsiya va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, oʻzaro tajriba almashish hamda ichki ishlar vazirliklari oʻrtasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida, tadbir jarayonida erishilgan kelishuvlarni amalga qaratishga moʻljallangan hamda istiqbolli vazifalar belgilangan bayonnoma imzolandi.
Tashrif dasturiga asosan hamkorlar delegatsiyasi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi faoliyati hamda mamlakatimiz turistik obyektlarda xavfsizlik choralari taʼminlanishi jarayonlari bilan tanishuvlari rejalashtirilgan.