Buxoro viloyati IIB boshligʻi podpolkovnik Ikromjon Tursunov Kinologiya boʻlinmasi Xizmat itlari Pitomnigi hamda Probatsiya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi
2024-06-05 09:00:00 / Yangiliklar
Xabaringiz bor Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Ikromjon Tursunov viloyat ichki ishlar boshqarmasiga qarashli bir qator sohaviy xizmatlarning tarkibiy tuzilmalariga tashrif buyurib, ish samaradorligini oshirishga doir oʻrganishlar olib bormoqda.
Shu maʼnoda bugun, boshqarma boshligʻi Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati, Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya boʻlinmasi Xizmat itlari Pitomnigida boʻldi.
Hozirda Xizmat itlari pitomnigida jami 37 bosh turli zotli xizmat itlari mavjud boʻlib, ulardan jinoyatlarni issiq izidan fosh etishda samarali foydalanib kelinmoqda.
Boshqarma boshligʻi xizmat itlarini koʻpaytirish, tarbiyalash, ularni turli yoʻnalishlarda oʻqitish, oziq-ovqat va boshqa turdagi taʼminot bilan bogʻliq mavjud muammolarini oʻrgandi, shu bilan birga xodimlar, ularning ish sharoitlarini ham koʻzdan kechirib, ish samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif hamda tavsiyalarini eshitdi.
Oʻrganishlar yakunida, boshqarma boshligʻi Xizmat itlari Pitomnigining yangi zamonaviy binosini qurish uchun qulay joy tanlash, qurilish loyihasi va smeta xarajatlarini ishlab chiqish yuzasidan masʼullarga manzilli topshiriqlar berdi.
Shuningdek, Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya boʻlimi faoliyatini ham oʻrgandi.
Boshqarma boshligʻi Probatsiya boʻlimida olib borilgan oʻrganishlar davomida dastlab, maʼmuriy binoda xodimlar hamda nazorat ostidagi shaxslar uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.
Jarayonda, xodimlarga xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala boʻlish, shuningdek, nazorat ostidagi shaxslarning qayta jinoyat sodir etishlarini oldini olish, mustaqil tayyorgarlik asosida xodimlarning oʻz ustida muntazam ishlashi, zamonaviy bilim va malaka koʻnikmalarini egallashi, jismoniy va jangovar tayyorgarlik darajasini oshirib borishi yuzasidan topshiriqlar berdi.
Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining bu kabi oʻrganishlari davom etmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati