audio

    0+
    Ichki ishlar vaziri boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent shahrining Bektemir va Yakkasaroy tumanlarida tungi vaqtlarda tashkil etilayotgan ishlar oʻrganildi

    Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent shahrining Bektemir va Yakkasaroy tumanlarida ichki ishlar organlari tomonidan jamoatchilik bilan hamkorlikda mahallalarda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida tungi vaqtlarda tashkil etilayotgan ishlar oʻrganildi

    Avval xabar berganimizdek, yurtimizda kriminogen vaziyatni yaxshilash hamda mahallalarda osoyishtalikni taʼminlash boʻyicha Davlat rahbarining topshiriqlari hududlarda tizimli ravishda ijroga qaratilmoqda.

    Ushbu vazifalarni bajarilishini nazoratga olish maqsadida Ichki ishlar vaziri rahbarligidagi idoralararo ishchi guruh tomonidan poytaxtning Bektemir va Yakkasaroy tumanlarida ichki ishlar boʻlimlari shaxsiy tarkibi tomonidan jamoatchilik bilan hamkorlikda tungi vaqtlarda tashkil etilayotgan xizmat faoliyati hamda jamoatchilik va savdo obyektlarida xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan ishlar oʻrganildi.

    Xususan, hozirgi kunda «qizil» toifada qolayotgan, kriminogen vaziyati murakkab boʻlgan Bektemir tumani «Nurafshon» mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi. Mahalla osoyishtaligini taʼminlash faoliyatida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar keskin tanqid qilindi. Oila-turmush munosabatlari doirasida, shuningdek, yoshlar, ayollar tomonidan hamda ishsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyatlarning oldini olish hamda bu borada mahalla yettiligining hamkorlik masalalariga, ularning muammolarini hal etish vazifalarga jiddiy eʼtibor qaratish zarurligi tushuntirildi.

    Masʼullarga, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga erishilgan boshqa hududlardagi mahallalarning ijobiy tajribalarini oʻrganib, aynan «Nurafshon» mahallasiga tatbiq etish boʻyicha topshiriqlar berildi.

    Tadbir jarayonida Bektemir tumanida joylashgan «Food city Tashkent» qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ulgurji bozorida tatbiq etilayotgan xavfsizlik choralari, aholi va tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar, hududda jamoat tartibini saqlashga biriktirilgan Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlarining faoliyati oʻrganildi. Tadbir jarayonida asosiy eʼtibor, xizmatni tizimli ravishda masʼuliyat va hushyorlik bilan tashkil etishga qaratilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

    Oʻrganishlar davomida poytaxt hududiga kirish va chiqish yoʻnalishlarida xavfsizlik choralarining toʻgʻri va tizimli tashkil etilgani Bektemir tumanidagi «Sharq» yoʻl patrul xizmati maskanlari misolida oʻrganildi.

    Ishchi guruh tomonidan shaxsiy tarkib tomonidan, xizmatni tizimli ravishda masʼuliyat va hushyorlik bilan tashkil etishga qaratilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi, bunda asosiy eʼtibor maskan maʼmuriy hududida videokuzatuv qamrovi oshirilishi, transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi, piyodalar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaratildi.

    Shuningdek ishchi guruh tomonidan Yakkasaroy tumani «Bogʻsaroy» mahallasida joylashgan «Korzinka» savdo majmuasida aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda xavfsizlik choralariga eʼtibor qaratildi, sodir etilishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz holatlarda biriktirilgan xodimlarning shaylik holati nazorat tariqasida tekshirildi.

    Savdo majmuasiga xavfsizlikni taʼminlashga jalb qilingan xodimlarning axborotlari tinglanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda xizmatni tashkillashtirish borasida tegishli koʻrsatmalar berildi.

    Ishchi guruh aʼzolari tomonidan tungi xavfsizlik choralarini oʻrganish ishlari boshqa tumanlarda ham davom etmoqda.

    • view_icon 279
    : 2024-06-05 07:57:47