Ichki ishlar vazirining topshirigʻiga asosan tuzilgan ishchi guruh tomonidan 6-mintaqaviy hududga qarashli Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlaridagi jazoni ijro etish muassasalarida oʻrganish olib borildi
2024-06-01 16:55:00 / Yangiliklar

Jumladan, respublika ishchi guruhi rahbari, IIV Tashkiliy departamenti boshqarma boshligʻi oʻrinbosari polkovnik N.Qayumov, Jazoni ijro etish departamenti boshligʻining oʻrinbosari polkovnik G.Kurambayev hamda ishchi guruh aʼzolari tomonidan har bir muassasada sohaviy xizmatlar faoliyati kompleks oʻrganilib, tahlil qilindi.
Oʻrganish davomida, Vazirlik tomonidan yuborilgan “Yoʻl xaritalar”ning ijrosi, mahkumlarni «Ozodlikka tayyorlash»da amalga oshirilayotgan tadbirlar, psixolog va tibbiyot xodimlarining faoliyati, hududiy ichki ishlar organlari bilan hamkorlik ahvoli hamda murojaatlar bilan ishlash yoʻnalishida yoʻl qoʻyib kelinayotgan kamchiliklar koʻrsatib oʻtildi.
Shuningdek, muassasa xodimlariga hamda jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlarga yaratilgan maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash, boʻsh boʻlgan lavozimlarni qisqa muddatda jamlash, mahkumlar uchun yangi ish oʻrinlarini yaratish, qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.