IIV Akademiyasida «Oila qonunchiligini takomillashtirish istiqbollari» mavzusiga bagʻishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi
2024-05-31 11:35:00 / Yangiliklar

Unda sud-huquq tizimi vakillari, ekspert va mutaxassislar, yurtimizning yetakchi oliy taʼlim muassasalari olimlari, akademiya professor-oʻqituvchilari, yosh tadqiqotchilar hamda kursantlar ishtirok etdi.
Oʻquv dargohi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, yuridik fanlar doktori, professor Baxtiyor Rajabov soʻz olib, mamlakatimizda oila institutining huquqiy asoslarini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga toʻxtaldi.
Ilmiy-amaliy anjumanda dolzarb mavzu qizgʻin muhokama qilindi. Soha mutaxassislarining “Oilaviy munosabatlarda er-xotin masʼuliyatini huquqiy taʼminlash masalalari”, “Nikoh tuzish tartibi: milliy va xorijiy tajriba”, “Oila sudyalari” oilaviy nizolar sonini kamaytirishga xizmat qiluvchi kafolatdir”, “Oilaviy munosabatlarda farzandlar taʼlim olish huquqining kafolatlanishi”, “Oilalar barqarorligini taʼminlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari”, “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida oilaviy munosabatlariga doir yuridik faktlarni qayd etish masalalari”, “Ayrim toifadagi oilalarga yer uchastkalarining ajratilishi – bugungi kun talabi” mavzularidagi maʼruzasi tinglandi.
Muhokama markazidagi masalalar, bildirilgan fikr-mulohazalar asosida oila institutini rivojlantirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati