Vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan Xiva shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbir yuzasidan tayyorgarlik ishlari oʻrganildi
2024-05-31 09:25:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 17-may kunidagi bayoniga asosan joriy yilning 31-may kunidan 2-iyun kuniga qadar oʻtkazilishi rejalashtirilgan «Xiva — 2024-yilda Islom dunyosining turizm poytaxti» tadbiriga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan Xorazm viloyati hududlarida oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, rejalashtirilgan mazkur tadbirni oʻtkazish davomida vazir oʻrinbosari tomonidan transport infratuzilmalari obyektlarida huquqbuzarlik, jinoyat hamda kelib chiqishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalarning oldini olish, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan sayyohlarning xavfsizligini taʼminlash borasida Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari bilan jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, yoʻlovchi va yuk poyezdlarining xavfsiz harakatlanishini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab berildi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi