Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov Xorazm viloyatida oʻrganishlar olib bormoqda
2024-05-30 16:00:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov Xorazm viloyati hududlarida oʻrganishlar olib bormoqda, xususan Xorazm viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi va uning xizmat hududlarining Urganch va Xiva temir yoʻl vokzallari hamda Urganch aeroportida xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Transport infratuzilmalari obyektlarida huquqbuzarlik, jinoyat hamda kelib chiqishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, yoʻlovchi va yuk poyezdlarining xavfsiz harakatlanishini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, Vazir oʻrinbosari tomonidan xodimlar tomonidan xizmat va ijro intizomiga qatʼiy amal qilishi, xizmatga fidoiylik va sadoqat bilan yondashishi, shaxsiy tarkib oʻrtasida sogʻlom muhitni shakllantirish va odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etishi boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Vazir oʻrinbosarining Xorazm viloyatidagi oʻrganishlari davom etmoqda
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi