Joriy yilning 20-25-iyun kunlari ichki ishlar organlari tizimida «Eng namunali vatanparvarlik burchagi» hamda «Eng namunali muzey» koʻrik-tanlovi oʻtkaziladi
2024-05-29 19:00:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan «Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi»da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 20-25-iyun kunlari ichki ishlar organlari tizimida «Eng namunali vatanparvarlik burchagi» hamda «Eng namunali muzey» koʻrik-tanlovlari oʻtkazilishini eʼlon qiladi.
Mazkur koʻrik-tanlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli buyruq va farmoyishi bilan tasdiqlangan yoʻriqnoma talablari asosida 4-iyun kunidan boshlab ichki ishlar organlaridagi vatanparvarlik burchaklari va muzeylar faoliyati vazirlik ishchi guruhi tomonidan joylarga chiqqan holda oʻrganiladi.
Tanlovlarda munosib ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni egallagan ichki ishlar organlariga vazirlikning diplom va qimmatbaho sovgʻalari tantanali ravishda topshiriladi.