Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev Davlatobod tumanidagi “mahalla yettiligi” faoliyatini oʻrgandi
2024-05-27 05:30:00 / Yangiliklar
Polkovnik Shuxrat Aliyev Davlatobod tumanida boʻlib, “Quyi Rovuston” va “Bogʻ” mahallalari yettiliklarining “Xavfsiz mahalla” oyligi davomida jinoyatchilikka barham berish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda mahallada xavfsiz muhitni shakllantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni atroflicha muhokama qildi.
Oʻrganish davomida ushbu mahallalarda oila-turmush doirasidagi jinoyatlar sodir etilishiga sababchi boʻlgan omillar chuqur tahlil qilinib, “mahalla yettiligi” tomonidan oʻzaro hamkorlikda aholi muammolarini “xonadonbay”, “fuqarobay” oʻrganilib borilmaganligi, shuningdek, jinoyatchilikning oldini olishda yetarlicha manzilli ishlar tashkil etilmaganligi keskin tanqid qilindi va kelgusida mahallalarni jinoyatdan holi hududga aylantirish maqsadida videokuzatuv kameralar sonini oshirish va profilaktika inspektorining xizmat xonasiga integratsiya qilish, mehnat migratsiyasidan qaytgan hamda ishsiz qatlamning bandligini taʼminlash va boshqa masalalar yuzasidan masʼul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati