Qashqadaryo viloyati IIB homiyligidagi Qarshi shahar 44-umumtaʼlim maktabida soʻnggi qoʻngʻiroq tadbiri boʻlib oʻtdi
2024-05-26 10:35:00 / Yangiliklar

Tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Abduvoxid Ismoilov bitiruvchilarga muhtaram Prezidentimizning yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi.
Shundan soʻng boshqarma boshligʻi oʻquvchilar mustaqil hayotga qadam qoʻygani bilan tabriklab, maktab bitiruvchilariga oliy oʻquv yurtlarida oʻqib, oʻz kasbining yetuk mutaxassislari boʻlib, kelgusida davlatimizning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida faol ishtirok etishlariga ishonch bildirdi.
Yoshlarga taʼlim-tarbiya berishda fidoyilik koʻrsatgan oʻqituvchilar va darslarni faol oʻzlashtirgan oʻquvchilar faxriy yorliq, tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirida badiiy chiqishlar ishtirokchilarda oʻzgacha taassurot qoldirdi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati