audio

    0+
    Davlat rahbarining topshirigʻiga koʻra yurtimizda kriminogen vaziyatni yaxshilash hamda mahallalarda osoyishtalikni taʼminlash maqsadida huquq-tartibot idoralari rahbarlari tomonidan jamoatchilik bilan hamjihatlikda tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilmoqda

    Mazkur vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent shahrining Yunusobod hamda Mirzo Ulugʻbek tumanlari ichki ishlar boʻlimlari shaxsiy tarkibi tomonidan jamoatchilik bilan hamkorlikda tungi vaqtlarda tashkil etilayotgan ishlar oʻrganildi.

    Tumanlarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ijobiy tajribalar «qizil» toifaga tushgan mahallalarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib tashkil qilinmoqda.

    Jinoyatlarning aksariyati tungi vaqtlarda sodir etilishi hisobga olinib, huquq-tartibot idoralari xodimlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida kriminogen ogʻir mahallalarga tungi navbatchilikka jalb etilgan zarur kuch va vositalar taqsimlanib, muammolar mahallalarni oʻzida yechishga alohida eʼtibor berilmoqda.

    Tekshiruv jarayonida poytaxt hududiga kirish va chiqish yoʻnalishlarida xavfsizlik choralarining toʻgʻri va tizimli tashkil etilgani Yunusobod tumanidagi «Uch qahramon» hamda Mirzo Ulugʻbek tumanidagi «Qoramurt» yoʻl patrul xizmati maskanlari misolida oʻrganildi.

    Ishchi guruh tomonidan shaxsiy tarkib tomonidan, xizmatni tizimli ravishda masʼuliyat va hushyorlik bilan tashkil etishga qaratilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi, bunda asosiy eʼtibor maskanlarning maʼmuriy hududlarida videokuzatuv qamrovi oshirilishi, transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi, piyodalar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaratildi.

    Shuningdek, Yunusobod tumanida yangi foydalanishga topshirilgan tumanning «Xalqabogʻ», «Barhayot», «Kulolqoʻrgʻon» hamda «Muruvvat» mahallalarini qamrab olgan 2-sonli Huquq tartibot maskani faoliyati bilan tanishildi.

    2-sonli Huquq tartibot maskani tasarrufidagi maʼmuriy hududda jinoyatlar soni deyarli ikki baravarga kamaygani hamda bitta mahallada umuman jinoyat sodir etilmagani alohida eʼtirof etildi.

    Mazkur ijobiy tajribalarni boshqa tuman IIBlariga tatbiq etish, tungi vaqtda mahallalarda huquqbuzarlikni barvaqt oldini olish, hisobda turgan shaxslar, notinch oilalar hamda uyushmagan yoshlar bilan «xonadonbay» va «fuqarobay» ish tashkil etish hamda jinoyatlarning sabab va omillarini tizimli va ilmiy tahlillar orqali aniqlab, kelgusida ularning barvaqt oldini olish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

    Shuningdek ishchi guruh aʼzolari Mirzo Ulugʻbek tumani «Ekobozor», «Atlas» va «Chimgan» savdo majmualarida aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda xavfsizlik choralariga eʼtibor qaratildi, sodir etilishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz holatlarda biriktirilgan xodimlarning shaylik holati nazorat tariqasida tekshirildi.

    Savdo majmualarida xavfsizlikni taʼminlashga jalb qilingan xodimlarning axborotlari tinglanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda xizmatni tashkillashtirish borasida tegishli koʻrsatmalar berildi.

    Tadbir jarayonida asosiy eʼtibor, xizmatni tizimli ravishda masʼuliyat va hushyorlik bilan tashkil etishga qaratilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

    Ishchi guruh aʼzolari tomonidan tungi xavfsizlik choralarini oʻrganish ishlari boshqa tumanlarda ham davom etmoqda.

    • view_icon 184
    : 2024-05-23 10:02:03