Namangan viloyati IIB va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlar bilan «Sayyor — Akademiya» oʻquv dasturi boʻyicha oʻquv-mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda
2024-05-22 10:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 20-may kuni Pop hamda Chust tumani IIBlarida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektori, tezkor xizmat va tergovchi (surishtiruvchi) xodimlar bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasining professor-oʻqituvchilari tomonidan «Sayyor — Akademiya» oʻquv dasturi boʻyicha zamonaviy interfaol metodlardan foydalangan holda oʻquv-mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Oʻquv mashgʻulotidan koʻzlangan maqsad, xodimlarning oilaviy (maishiy) zoʻravonlik jinoyatlariga qarshi kurashish, ularni huquqiy baholash, ayrim tergov va protsessual harakatlarni oʻtkazish, kiberjinoyatlarning zamonaviy turlari, sodir etilish usullari va ularni fosh qilishning taktik xususiyatlari gʻayriijtimoiy xulq-atvorli, tajovuzkor shaxslar bilan munosabatga kirishish, nizoli vaziyatlarni baholash va boshqarishning psixologik jihatlariga oid bilim va koʻnikmalarini yuksaltirish orqali ularning huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati samaradorligini oshirish hisoblanadi.
Sayyor oʻquv mashgʻulotlari boshqa shahar-tumanlarda ham davom etmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati