Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining 73-sessiyasida Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Azat Tasbayev hisobot berdi
2024-05-22 09:00:00 / Yangiliklar
Videokonferensaloqa tarzida oʻtkazilgan mazkur sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlisi Senati aʼzolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalar raislari, viloyat hokimi oʻrinbosarlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, boshqarma va tashkilotlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari va boshqalar ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi mavzu doirasida Navoiy viloyatda aholi bandligini taʼminlash, kam taʼminlangan oilalarni kambagʻallik darajasidan chiqarish, doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, «mahalla yettiligi» faoliyatini samarali tashkil etish va ularning masʼuliyatini oshirish, shuningdek, viloyatda «Sayxunobod tajribasi»ni samarali joriy etish boʻyicha 2024-yilning 1 choragida amalga oshirilgan ishlar haqida viloyat sektor rahbarlarining axboroti tinglandi.
Sessiya kun tartibiga qoʻyilgan «Viloyat hududida qonunchilikni taʼminlash, huquq-tartibotni mustahkamlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida 2024-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar toʻgʻrisida» viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Azat Tasbayevning hisoboti tinglandi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati