Samarqand viloyatida Xalq deputatlari Pastdargʻom tumani Kengashining bir yuz oʻn birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi
2024-05-22 09:00:00 / Yangiliklar
Unda viloyat 3-sektori rahbari, Samarqand viloyat IIB boshligʻi polkovnik Raxmat Mamatov ishtirok etdi.
Sessiyada tuman sektor rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Oʻtgan davr mobaynida tumanda amalga oshirilgan islohotlar, aholi farovonligini yaxshilash, kambagʻallikni qisqartirish, kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy qoʻllab quvvatlash, mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda tumandagi har bir hududni xavfsiz maskanga aylantirish kabi masalalar deputatlar eʼtiborida boʻldi.
Shuningdek, aholi bandligini taʼminlash, kam taʼminlangan oilalarni kambagʻallik darajasidan chiqarish, doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, «Sayxunobod tajribasi»ni joriy etish, aholi kayfiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarni bartaraf etish, «mahalla yettiligi» faoliyatini samarali tashkil etish va ularning masʼuliyatini oshirish borasida qilingan ishlarga ham eʼtibor qaratildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati