Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi hududiy Tibbiyot boʻlinmalariga «Foton VIN» rusumidagi tez-tibbiy yordam (Reanimobil kompleksi) avtoulovlari tantanali ravishda topshirildi
2024-05-20 10:00:00 / Yangiliklar
Insonlar salomatligini saqlash, sifatli tez-tibbiy yordam koʻrsatish, bugun har bir shifokor zimmasidagi masʼuliyatli burchdir. Sogʻliqni saqlash tizimini zamonaviy texnika jihozlari bilan isloh qilish boʻyicha muhtaram yurtboshimiz tomonlaridan soʻngi yillarda katta tashabbus va islohotlar amalga oshirilmoqda.
Taʼkidlash lozim, ayni boradagi keng maqsadli ishlar Ichki ishlar organlari tibbiyot muassasalari faoliyatida ham sezilarli yangiliklar joriy etilishiga bosh omil boʻldi. Ayni kunda Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari binolari yangidan taʼmirlanib zamonaviy jihozlar bilan toʻliq taʼminlanmoqda.
Tizimli ishlarning uzviy davomi sifatida hududiy ichki ishlar organlari Tibbiyot boʻlimlariga xorijda ishlab chiqarilgan sakkiz dona «Foton VIN» tez-tibbiy yordam avtoulov (Reanimobil kompleksi)larining tantanali topshirish marosimi tashkil etildi. Tadbirda soʻzga chiqqan, ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov xodimlarning salomatligini ishonchli taʼminlashga qaratilgan bu kabi saʼy harakatlar avvalo inson qadri uchun degan tamoyilga asoslangani hamda bu orqali xizmat sifatini yaxshilash maqsad qilinganini taʼkidladi.
Tantanali marosim davomida mamlakatimizning sakkizta hududiy markazlarga mazkur zamonaviy tibbiyot avtoulovlari topshirildi.
Sogʻliqni saqlash tizimiga qaratilgan bu kabi eʼtibor kelgusida ichki ishlar xodimlarining salomatligini mustahkam taʼminlashga xizmat qiladi.