Respublika ishchi guruhi tomonidan 4-mintaqaviy hududga qarashli jazoni ijro etish koloniyalari va tergov hibsxonalari faoliyati oʻrganildi
2024-05-16 11:00:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar vazirining topshirigʻiga asosan tuzilgan ishchi guruh tomonidan 4-mintaqaviy hududga qarashli Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi jazoni ijro etish muassasalarida oʻrganish olib borildi.
Jumladan, respublika ishchi guruhi rahbari, IIV Tashkiliy departamenti boshqarma boshligʻi oʻrinbosari
hamda ishchi guruh aʼzolari har bir muassasaning qoʻriqlanishi, sohaviy xizmatlari faoliyati oʻrganildi.
Oʻrganish davomida, muassasa xodimlariga hamda jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlarga yaratilgan maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash, ijrochilik intizomiga rioya qilish, boʻsh boʻlgan lavozimlarni qisqa muddatda jamlash, mahkumlar uchun yangi ish oʻrinlarini yaratish, qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish, mahkumlarni ozodlikka tayyorlashda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.