Fargʻona viloyati IIB boshligʻi general-mayor Azizbek Ikramov Buvayda tumanida sayyor qabul oʻtkazdi
2024-05-16 09:00:00 / Yangiliklar
Hududlardagi mavjud muammo va murojaatlarni manzilli oʻrganish, shu orqali odamlarni bugungi kunidan rozi qilish bugun ustuvor maqsad sanaladi.
Viloyat IIB da ushbu tamoyil asosida boshqarma boshligʻi va uning oʻrinbosarlari tomonidan viloyatimizning olis va chekka hududlarida muntazam sayyor qabullar tashkillanmoqda.
Jumladan, Buvayda tumani istirohat bogʻida oʻtkazilgan navbatdagi sayyor qabul ham odamlarning uzogʻini yaqin, mushkulini oson qildi.
Qabul davomida 21 nafar fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari koʻrib chiqilib, 9 tasi joyida ijobiy hal etildi. 3 ta holatda fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. 9 ta murojaat ijrosi vaqt talab qilganligi bois nazoratga olindi.
Bu kabi sayyor qabullar aholining davlat organlariga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlab, inson qadri va manfaatlarini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati