audio

    0+
    Ichki ishlar vaziri boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent shahrining Sirgʻali va Yangihayot tumanlarida tungi vaqtlarda tashkil etilayotgan ishlar oʻrganildi

    Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent shahrining Sirgʻali va Yangihayot tumanlarida ichki ishlar organlari tomonidan jamoatchilik bilan hamkorlikda mahallalarda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida tungi vaqtlarda tashkil etilayotgan ishlar oʻrganildi

    Avval xabar berganimizdek, yurtimizda kriminogen vaziyatni yaxshilash hamda mahallalarda osoyishtalikni taʼminlash boʻyicha Davlat rahbarining topshiriqlari hududlarda tizimli ravishda ijroga qaratilmoqda.

    Ushbu vazifalarni bajarilishini nazoratga olish maqsadida Ichki ishlar vaziri rahbarligidagi idoralararo ishchi guruh tomonidan poytaxtning Sirgʻali va Yangihayot tumanlarida ichki ishlar boʻlimlari shaxsiy tarkibi tomonidan jamoatchilik bilan hamkorlikda tungi vaqtlarda tashkil etilayotgan xizmat faoliyati hamda jamoatchilik va savdo obyektlarida xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan ishlar oʻrganildi.

    Xususan, Sirgʻali tumani 2-sonli IIBda tungi navbatchilik smenasiga jalb etilgan shaxsiy tarkibning xizmati bilan tanishildi. Ichki ishlar boʻlimiga qarashli maʼmuriy hududda joylashgan mahallalarda jinoyatlarning barvaqt profilaktikasiga qaratilgan ishlar tizimli ravishda amalga oshirilayotgani natijasida, hududda kriminogen vaziyat deyarli 30 foizga yaxshilangani eʼtirof etildi. Shu bilan birga «qizil» toifada qolayotgan «Mehrigiyo» mahallasida muammolarni yangi «ijtimoiy profilaktika» tizimi yordamida hal etish zarurligi boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

    Jarayonda Sirgʻali tumani «Quruvchilar» mahallasida tashkil etilgan yettilik faoliyati oʻrganildi. Taʼkidlanishicha mahallada sodir etilayotgan jinoyatlar soni 27 foizga kamayishiga erishilgan boʻlsada, ularning ayrim turlarini oshib ketishiga yoʻl qoʻyilgani qattiq tanqid qilindi. Tumanda kriminogen vaziyatni jilovlash maqsadida tungi vaqtda mahallalarda huquqbuzarlikni barvaqt oldini olish, hisobda turgan shaxslar, notinch oilalar hamda uyushmagan yoshlar bilan «xonadonbay» va «fuqarobay» ish tashkil etish hamda jinoyatlarning sabab va omillarini tizimli va ilmiy tahlillar orqali aniqlab, kelgusida ularning barvaqt oldini olish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

    Tadbir davomida, Yangihayot tumani «Xushnud» mahallasida ichki ishlar organlari va mahalla faollarining hamkorlikdagi faoliyati oʻrganildi. Mahallada jinoyatlar soni keskin kamayib, mahalla «yashil» toifaga oʻtganligi, hududda kriminogen vaziyatning barqarorligi taʼminlanib kelayotganligi alohida taʼkidlandi. Mazkur ijobiy tajribalarni boshqa tuman IIBlariga tatbiq etish, bunda huquq-tartibot idoralari xodimlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida kriminogen ogʻir mahallarga tungi navbatchilikka jalb etilgan zarur kuch va vositalar taqsimlanib, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyish, aniqlangan muammolarini joyida bartaraf etish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.

    Tekshiruv davomida ishchi guruh aʼzolari Sirgʻali va Yangihayot tumanlarida tashkil etilgan «Hamkor» maxsus guruhlarining tungi reyd tadbirlari bilan tanishdilar. Asosiy eʼtibor, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda namunaviy xizmat oʻtash modellarini amalga kiritilishi, mahallarda, koʻchalarda va jamoat joylarida videokuzatuv qamrovi oshirilishi, shahar yoʻllarida xavfsiz harakatlanish, piyodalar ayniqsa bolalar, yoshlar va ayollar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaratildi. Tadbir jarayonida shaxsiy tarkib tomonidan, xizmatni tizimli ravishda masʼuliyat va hushyorlik bilan tashkil etishga qaratilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

    Ishchi guruh aʼzolari tomonidan tungi xavfsizlik choralarini oʻrganish ishlari boshqa tumanlarda ham davom etmoqda.

    • view_icon 137
    : 2024-05-15 10:47:00