Joriy yilning may-iyun oylari davomida «Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!» shiori ostida keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy, vatanparvarlik va sport tadbirlari oʻtkazilishi belgilandi
2024-05-14 18:00:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ««Oʻzbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida» 2024-yil 21-fevraldagi PF–37-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida, joriy yilning may iyun oylari davomida «Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!» shiori ostida keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy, vatanparvarlik va sport tadbirlari oʻtkazilishi belgilandi.
«Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!» shiori ostida oʻtkaziladigan tadbirlar doirasida quyidagi nominatsiya va koʻrik-tanlovlar oʻtkaziladi:
– «Yoshlar jinoyati va huquqbuzarligidan holi mahalla» nominatsiyasi;
– «Yoshlarga eng koʻp yordam koʻrsatgan tadbirkor» nominatsiyasi;
– «Xavfsiz va ravon yoʻl» nominatsiyasi;
– «Ichki ishlar vaziri kubogi» voleybol boʻyicha sport musobaqasi;
– «Zakovat» intellektual oʻyinlari;
– «Dillarda vatan madhi» shiori ostida qoʻshiq tanlovi;
– «Dillarda vatan madhi» shiori ostida sheʼriyat tanlovi;
– «Yosh huquqshunos» koʻrik-tanlovi.
Mazkur tadbirlarning ochilish marosimi ж.й. 19-may kuni ikki ming nafar yoshlar ishtirokida «Yangi Oʻzbekiston bogʻi»da, bir vaqtning oʻzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar markazlarida onlayn tarzda yugurish tadbiri va «Vatanparvarlik marshi» oʻtkazilishi belgilangan.
Yangi Oʻzbekiston bogʻida oʻtkaziladigan, sogʻlom turmush tarziga chorlaydigan «Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!» yoshlar marafoni tadbirining ishtirokchi va mehmonlari uchun koʻngilochar dastur hozirlangan! ! Gʻolib bosh sovrini – 10 mln soʻmni qoʻlga kiritish imkoniga ega.
Tadbir boshlanish vaqti — 7:00.
Yugurish starti — 8:00 da.
Tadbirda qatnashish mutlaqo bepul.
23-iyun kuni tadbirning yakuniy bosqichi Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Ushbu tadbirga yuqorida aytib oʻtilgan 8 ta nominatsiya va koʻrik-tanlovlarning respublika gʻoliblari taqdirlanadi hamda konsert dasturi namoyish etiladi.