IIV Akademiyasida «Ajdodlar merosi bilimdoni» koʻrik-tanlovining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi
2024-05-10 19:00:00 / Yangiliklar

Tadbir ichki ishlar vazirining farmoyishi asosida buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosini oʻrganish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida tashkil qilindi. Unda hududiy bosqichlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan idoraviy akademik litseylar oʻquvchilari ishtirok etdi.
Koʻrik-tanlov «savol-javob», «test sinovi» va «erkin mavzu» shartlaridan iborat boʻldi. Ishtirokchilar Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur singari buyuk ajdodlarimizga nechogʻlik munosib voris ekanliklarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga koʻra, birinchi oʻrin Ichki ishlar vazirligining Fargʻona viloyatidagi akademik litseyi oʻquvchisi Muhammadfozil Ismoilovga, ikkinchi oʻrin Andijon viloyati akademik litseyi oʻquvchisi Oyjamol Abdukarimovaga, uchinchi oʻrin Samarqand viloyati akademik litseyi oʻquvchisi Bekjon Zayniyevga nasib qildi.
Bundan tashqari, Avaz Akramov «Eng yaxshi kitobxon», Sanjar Qosimov «Eng yaxshi bilimdon», Barno Toʻrayeva «Eng yaxshi mahoratli ijodkor» nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Aytish joizki, mazkur koʻrik-tanlov akademiya miqyosida ham oʻtkazilib, unda kunduzgi taʼlim kursantlari faol ishtirok etishdi. Ikki bosqich yakunlariga koʻra, Kamronbek Ismoilov birinchi, Saydulla Ergashov ikkinchi, Nurmuhammad Burxoniddinov uchinchi oʻrinni egallagan boʻlsa. Behruz Hoshimov, Sardorbek Rahimberganov, Ibrohim Sodiqboyevlar turli nominatsiyalar bilan taqdirlandi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati