“9-may – Xotira va qadrlash kuni” arafasida Samarqand viloyati IIB boshligʻi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezident tabrigini yetkazdi
2024-05-08 10:00:00 / Yangiliklar
![“9-may – Xotira va qadrlash kuni” arafasida Samarqand viloyati IIB boshligʻi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezident tabrigini yetkazdi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Fe88614bb-1605-dc4c-e278-5b67630e4d49_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Urush musibatlari, oradan 79 yil oʻtgan boʻlsa-da, qalblarda bitmas-tuganmas ogʻriqlar bilan esga olinadi. Millionlab insonlar boshiga yetgan urush bugungi avlodlar zimmasiga tinchlik-osoyishtalikni asrab-avaylash masʼuliyatini yuklaydi.
Bugun Urgut tumanida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilaridan birgina inson – Ispanzalik Boʻron Gadoyev biz bilan hamnafas hayot kechirmoqda. 100 yoshdan oshayotgan otaxon tinchlikni qadriyat deb biladi va boshqalarni ham shunga undaydi.
Viloyat IIB boshligʻi Rahmat Mamatov, tuman hokimi Botir Jabborov, Mudofaa ishlari boshqarmasi, Milliy gvardiya, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi boshqa tashkilotlar vakillari B. Gadoyevning xonadonida boʻldilar.
Urush faxriysiga davlatimiz rahbarining tabrigi oʻqib eshittirildi. Prezidentimizning farmoniga muvofiq, Boʻron otaga 20 million soʻm miqdoridagi pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi.
Otaxon davlatimizga, Prezidentimizga minnatdorligini bildirib, tinch-osuda kunlarimiz bardavom boʻlishini tilab, duoga qoʻl ochdi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati