Qashqadaryo viloyatida sportning voleybol turi boʻyicha «Ichki ishlar vaziri kubogi»ning viloyat mintaqa bosqichi boʻlib oʻtdi
2024-05-06 22:10:00 / Yangiliklar

Qarshi olimpiya va paralimpiya zaxiralari maktabida viloyatda yashovchi 14-17 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar oʻrtasida sportning voleybol turi boʻyicha Ichki ishlar vaziri kubogining viloyat mintaqa bosqichi boʻlib oʻtdi.
Hakamlar hayʼati tomonidan baholab borilgan musobaqada yosh voleybolchilar jamoasi bor mahoratlarini ishga solib gʻoliblik uchun kurashdilar.
Qizgʻin va murosasiz oʻtgan musobaqada Qarshi shaharlik yosh voleybolchilari barcha raqiblarini dogʻda qoldirib, musobaqa shohsupasidan joy oldi.
Navbatdagi sovrinli oʻrinlarni Nishon va Qarshi tumanlari voleybolchilari qoʻlga kiritdi.
Gʻoliblar diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati