Fargʻona viloyatida IIV ishchi guruhi ishtirokida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan «Xavfsiz tun» profilaktik tadbirlari oʻtkazilmoqda
2024-05-06 21:40:00 / Yangiliklar

Fargʻona shahrida tashkil etilgan tungi yoʻriqnomada IIV JXD Jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Shavkat Narzullayev, viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik, Farruhbek Usarov, sohaviy xizmatlar, Prokuratura, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari, profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari va «Qalqon» guruhi aʼzolari ishtirok etishdi.
Yoʻriqnomada, xizmatga jalb qilingan xodimlarga jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda tungi vaqtlarda jamoat joyi va turli koʻngilochar maskanlarda maqsadsiz yurgan shaxslarni aniqlab, zaruriy profilaktik tushuntirish ishlarini olib borish, ish samaradorligini oshirishga qaratilgan zaruriy topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati