Jizzax viloyati IIB boshligʻining navbatdagi shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi
2024-05-05 12:55:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirovning navbatdagi shaxsiy qabulida 30 dan ziyod kishi muammolarini hal etishda koʻmak soʻrashdi.
Xususan, salomatligini tiklash uchun moddiy yordam, bank plastik kartasidan noqonuniy pul yechish, pullarini va qarzlarini undirish, moddiy yordam, oʻzga shaxs nomiga kredit olib toʻlmaganligi, zararni qoplash, qonunbuzarga chora koʻrish, haqorat va tuhmat qilgan shaxslarni javobgarlikka tortish, firibgarlikka oid masalalarga yechim izlandi. 4 nafar yoshlar esa ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagini bildirishdi.
Muloqot davomida koʻtarilgan 40 ga yaqin muammolarni bartaraf etish nuqtai nazaridan soha masʼullariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati