Asosiy kontentga o'tish

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi navbatdagi shaxsiy qabulini oʻtkazdi

2024-05-05 12:30:00 / Yangiliklar

Inson manfaatlari har narsadan ustun boʻlgan yurtimizda fuqarolarimizning turmush sharoitini yaxshilash hamda ularning turli muammo-yu masalalariga ijobiy yechim topish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Sanjar Djabarov viloyat Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi shaxsiy qabulini oʻtkazdi.

Qabul jarayonida fuqarolarning 10 dan ortiq turli masalalardagi murojaatlari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va masʼul xodimlar ishtirokida birma-bir koʻrib chiqildi.

Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

260

Oxirgi yangilanish: 2024-05-06 23:56:32

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi navbatdagi shaxsiy qabulini oʻtkazdi