Samarqand viloyati IIBda jinoyatlar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi
2024-05-05 10:20:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov huzurida joriy yilning oʻtgan davri mobaynida sodir etilgan oʻgʻrilik jinoyatlari muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtkazilgan yigʻilishda joriy yilning oʻtgan 4 oyi mobaynida sodir etilgan oʻgʻrilik jinoyatlarining sabab va sharoitlari, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar muhokama qilinib, kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼul xodimlarga nisbatan intizomiy choralar qoʻllanildi.
Shuningdek, oʻgʻirlik jinoyatlarini oldini olish borasida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati