Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov 2024/2025-oʻquv yili ochilishi munosabati bilan IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligiga tashrif buyurdi
2024-05-01 14:45:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 1-may kuni Ichiki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligida tantanali 2024-2025 oʻquv yili ochilishi munosabati bilan tashrif buyurdi.
Tashrif davomida, Vazir oʻrinbosari tomonidan oʻquv yili mavsumi tantanali ravishda ochiq deb eʼlon qilinib, shaxsiy tarkibga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qurolli kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Mirziyoyev Shavkat Miromonovich tomonidan «14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan yoʻllagan bayram tabrigida «Milliy armiyamizni chinakam kuch-qudratini belgilab beradigan qoʻrqmas va dovyurak harbiylarimiz qalbida jangovar ruhni oshirish, ularni har qanday qiyinchilik va sinovlarga chidamli, matonatli etib tarbiyalash bundan buyon ham eʼtiborimiz markazida boʻladi» deb taʼkidlab Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilayotgan barcha harbiy xizmatchilarga juda katta ishonch bildirganini, shuningdek, Qurolli Kuchlar oldiga qoʻyilgan vazifalarni yetkazib, oʻtgan oʻquv yilida jangovar tayyorgarlikni takomillashtirish borasida keng qamrovli amaliy ishlar oʻtkazilganligini, yangi oʻquv yilida jangovar tayyorgarlikni yanada takomillashtirish borasida vazifalar belgilandi.
Shundan soʻng, Vazir oʻrinbosari tomonidan boʻlinmalarning yangi oʻquv yiliga tayyorgarligi, mashgʻulot joylari (xonalari), oʻquv nuqtalari hamda oʻquv moddiy texnik bazalari bilan yaqindan tanishildilar.
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi