Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida «Ichki ishlar organlarining Ekspert-kriminalistika faoliyatini tashkil etish» mavzusida amaliy mashgʻulot oʻtkazildi
2024-04-30 13:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchilari, polkovnik Islom Axmedov va podpolkovnik Xayrulla Xasilovlar tomonidan nazariya va amaliyotni uygʻunlashtirish maqsadida Toshkent shahar IIBB Ekspert-kriminalist markazi xodimlari ishtirokida boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik oʻquv kursi va Ichki ishlar organlarining ofitserlik lavozimiga xizmatga qabul qilingan xodimlarni qayta tayyorlash oʻquv kursi tinglovchilari bilan «Ichki ishlar organlarining Ekspert-kriminalistika faoliyatini tashkil etish» mavzusida amaliy mashgʻulot oʻtkazildi.
Mashgʻulotda bugungi kunda tizimda mavjud boʻlgan zamonaviy texnik vositalar va ular bilan ishlash metodlari, sodir etilgan huquqbuzarliklar hamda jinoyatlarni fosh etishdagi imkoniyatlari keng yoritildi.
Shuningdek, hodisa joylarini koʻzdan kechirishda foydalaniladigan ekspert-kriminalistik laboratoriya avtomashinasi namoyish qilinib, uning afzalliklari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.
Mashgʻulot davomida tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
IIV Malaka oshirish instituti