«Raqamli asrda barqaror tuzilmalar sari: ommaviy mediasavodxonlik siyosatini ishlab chiqish» mavzusida seminar-trening tashkil etildi
2024-04-29 16:55:00 / Yangiliklar
![«Raqamli asrda barqaror tuzilmalar sari: ommaviy mediasavodxonlik siyosatini ishlab chiqish» mavzusida seminar-trening tashkil etildi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F2b10400c-df26-1e2b-951e-3dcd503abbf1_lists_slider_10575.jpg&w=3840&q=75)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019-yil 29-noyabrdagi «Ichki ishlar organlarining axborot xizmatlari faoliyatini tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi buyrugʻiga muvofiq, Ichki ishlar organlari axborot xizmatlari xodimlari tizimli ravishda malaka oshirishlari belgilangan. Mazkur vazifani ijrosini taʼminlash maqsadida respublikamiz ichki ishlar organlari axborot xizmatlari rahbarlari hamda xodimlari uchun maxsus seminar-trening oʻtkazildi.
Tadbirda Jizzax viloyati IIB boshligʻi general mayor Gʻayrat Qodirov, Vazirning matbuot kotibi polkovnik Shohrux Gʻiyosov, Ichki ishlar vazirining maslahatchisi podpolkovnik Xurshid Roʻziyev hamda Vazirlik Akademiyasi professor-oʻqituvchilaridan iborat guruh qatnashdilar.
Seminar jarayonida axborot xizmatida tahliliy faoliyatni olib borish va monitoring qilish, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni toʻgʻri va sifatli yuritish, negativ maʼlumotlarga munosabat turlari, media mahsulot tayyorlash, video va foto olishda murakkab elementlar bilan ishlash kabi mavzular bilan tanishildi.
Shuningdek tadbir ishtirokchilari bilan axborot makonida yuzaga kelgan ziddiyatli holatlarni bartaraf etish, matbuot kotibining jamoatchilik va OAV bilan aloqalari, oʻzaro hamkorlik, ichki ishlar organlari xodimlarining imijini oshirishga qaratilgan media kontent yaratish kabi mavzularda treninglar oʻtildi.
Bugun tobora kuchayib borayotgan globallashuv jarayonida axborot xizmati xodimlarining tezkorligi, xolis va aniq maʼlumot berishi juda muhimligi taʼkidlandi.
Tadbir davomida ichki ishlar organlari axborot xizmatlari xodimlari jamoatchilik va OAV hamda davlat organlarining ochiqligi boʻyicha qonunchilikdagi islohotlar, tizim faoliyatiga oid muhim huquqiy yangiliklar bilan tanishdilar.
Ikki kun davom etgan seminar-trening yakunida hududlarda xizmat olib borayotgan axborot xizmati rahbalari va xodimlarining taklif hamda mulohazalari tinglandi. Dolzarb topshiriqlarning ijrosini taʼminlash borasida ishlar rejalashtirildi. Tadbir yakunida barcha qatnashchilarga sertifikatlar tantanali tarzda topshirildi.