audio

    0+
    Vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyat IIB sohaviy xizmat maʼmuriy binolarini koʻzdan kechirdi

    Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Б.Ю.Мирзараҳимов oʻrganishlarini sohaviy xizmat maʼmuriy binolarida davom ettirdi.

    Dastlab viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi maʼmuriy qabulxonaga borib ayni muassasada xizmat qilayotgan xodimlar bilan suhbatlashdi, xizmat faoliyati bilan tanishdi.

    Binoda maʼmuriy tartibda qamoqqa olingan mahkumlarni saqlash xonalari va ular uchun yaratilgan sharoitlar boʻyicha oʻz topshiriq va tavsiyalarini berdi.

    Soʻng viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati batalyoni maʼmuriy binosida boʻlib Navbatchilik qismi, batalyon hududi, sport va saf maydonini koʻzdan kechirdi.

    Shuningdek xodimlarning xizmat faoliyati, oʻquv va sport mashgʻulotlarini oʻtkazish tartibi bilan tanishdi.

    Keyingi manzil yangi qurilayotgan viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi binosi boʻldi. Unda olib borilayotgan soʻnggi ishlar bilan tanishib mavjud jihozlarni joylashtirish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.

    Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

    • view_icon 219
    : 2024-04-29 21:48:16