audio

    0+
    Surxondaryo viloyatida joylashgan «Nurli maskan» maktabining koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi oʻquvchilariga sovgʻalar topshirildi

    Mamlakatimizda, fuqarolar tili, millati, irqi ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar qonun oldida teng huquq majburiyat va erkinliklarga ega ekanligi qonun bilan mustahkamlab qoʻyilgan.

    Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan, nogiron shaxs jumlasi nogironligi boʻlgan shaxs jumlasiga oʻzgartirilganligi ham bejiz emas.

    Bu tashabbusdan koʻzlangan maqsad, nogironligi boʻlgan shaxslarning jamiyatda oʻz oʻrinlarini topishlarida koʻmak berish, ularga jismonan va aqlan sogʻlom kishilar bilan teng huquqli shaxs ekanligini anglatadi.

    Ayniqsa ulgʻayib kelayotgan yosh avlod qalbida ertangi kunga ishonch va vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

    Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi, Oʻzbekiston Respublikasining Turkiyadagi muxtor elchisi bilan hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan nogironligi bor bolalarni ijtimoiy qoʻllab quvvatlash maqsadida tayyorlangan sovgʻalari Turkiya davlatidan olib kelinib, Surxondaryo viloyati Angor tumanida joylashgan «Nurli maskan» maktabining koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi oʻquvchilariga masʼullar tomonidan topshirildi.

    Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

    • view_icon 128