audio

    0+
    Fargʻona viloyatida sportning koʻpkurash turi boʻyicha «Ichki ishlar vaziri kubogi» musobaqalari koʻtarinki ruhda yakunlandi

    Musobaqada faxrli 1-oʻrinni IIV Qorovul qoʻshinlari jamoasi egallagan boʻlsa, 2-oʻrin Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoasiga nasib qildi. IIV Akademiyasi jamoasi vakillari esa 3-oʻrin sohibiga aylanishdi.

    Tantanali taqdirlash marosimida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati rahbari, polkovnik Dilmurod Xoʻjaqulov ishtirok etib, sportsevar xodimlarni samimiy muborakbod etdi.

    Gʻolib jamoaga Vazir kubogi, faol sportchilarga esa qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.

    Bu kabi sport tadbirlari yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, ommaviyligini oshirish, yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilishga, ichki ishlar organlari xodimlarining esa jismoniy va jangovar tayyorgarligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

    Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

    • view_icon 360
    : 2024-04-29 21:49:20