audio

    0+
    Buxoroda Ichki ishlar vazirligi tarkibiy boʻlinmalari xodimlari Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasining «Ichki ishlar vazirligi tizimidagi kasaba uyushmalarining faoliyatini takomillashtirish: muammo va yechimlar» mavzusidagi amaliy oʻquv-seminari oʻtkazi

    Amaliy oʻquv seminarida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi masʼul xodimlari, Kasaba uyushmalari Buxoro viloyati kengashi tajribali mutaxassislari hamda Ichki ishlar vazirligi kasaba uyushma qoʻmitasi rahbarlarining maʼruzalari tinglandi.

    Shuningdek, oʻquv seminari dasturi asosida viloyatlarning tajribali kasaba uyushmalari xodimlari ham oʻz maʼruzalari bilan faol ishtirok etdilar.

    Ikki kun davom etgan mazkur oʻquv seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari qoʻmita raislari va hisobchilari kelgusida kasaba uyushmalari qoʻmitalari ularning boshlangʻich tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish borasida oʻz fikr mulohazalarini bildirdilar.

    Amaliy oʻquv seminar natijasi boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi va tegishli qaror qabul qilindi.

    Mazkur seminar bahs va munozaralarga boy boʻlib Ichki ishlar vazirligi tizimidagi kasaba uyushmalari faoliyatini yangi bosqichga koʻtarishga xizmat qiladi.

    Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

    • view_icon 143