audio

    0+
    Qashqadaryo viloyati IIB xodimlarining kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida «Kitobxonlik haftaligi» doirasida tadbir oʻtkazildi

    Sayido Nasafiy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazida ichki ishlar boshqarmasi tarkibiy boʻlimlar va sohaviy xizmatlar xodimlarining maʼnaviy-maʼrifiy bilimi, kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida «Kitobxonlik haftaligi» doirasida tadbir oʻtkazishdi.

    Dastlab Axborot-kutubxona markazi xodimlari shaxsiy tarkibga kitoblardan foydalanish tartib-qoidalari va mutolaa borasida tegishli tavsiya va takliflarni bildirishdi.

    Soʻngra, xodimlar kutubxona fondidagi oʻzbek va jahon adabiyotining durdona asarlari bilan tanishdilar. Kutubxonaga obuna boʻlib, oʻzlari va oila aʼzolari mutolaa qilishi uchun kitoblar olishdi.

    Tadbirda Axborot-kutubxona mutaxassislari ishtirokida «Eng yaxshi kitobxon» tanlovi oʻtkazilib, gʻolib ragʻbatlantirildi.

    Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

    • view_icon 384