audio

    0+
    Namangan viloyati tergov tizimida xizmat qilayotgan xodimlarning uch oylik faoliyatlari tahlil qilindi

    Tergov boshqarmasi hamda ularning quyi boʻlinmalarining xodimlari ishtirokida 3 oylik ish yakunlariga bagʻishlangan hisobot yigʻilishi oʻtkazilib, unda tergov boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar yuzasidan masʼul rahbarlarning hisobotlari tinglandi.

    Bundan tashqari fuqarolarning murojaatlarini oʻz vaqtida qonuniy hal etilishini taʼminlash, ortiqcha ovoragarchiliklarga yoʻl qoʻymaslik hamda jinoyat ishlarini tergov qilish, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda Jinoyat-protsessual qonunchiligi normalariga qatʼiy amal qilish, fuqarolar va davlat manfaatlariga yetkazilgan moddiy zararni undirish ahvolini yanada yaxshilash, fosh etilmay qolayotgan jinoyatlarni hamkorlikda aniqlash kabi masalalarga jiddiy eʼtibor qaratish lozimligi aytib oʻtildi.

    Tadbir davomida, xizmat faoliyati davomida bir qator ijobiy koʻrsatkichlarga erishib, hamkasblariga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh xodimlar eʼtirof etilib, ularga viloyat IIB boshligʻining faxriy yorligʻi hamda pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

    Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

    • view_icon 279