audio

    0+
    Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshligʻi va Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati ishtirokida «Yangi Oʻzbekistonning vatanparvar yoshlari» shiori ostidagi oʻquv yigʻiniga jalb qilingan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi

    Ochiq muloqot davomida yoshlarning muammolari hamda takliflari oʻrganilib, ular tomonidan koʻtarilgan murojaatlar tinglandi.

    Ochiq muloqotda, yoshlar tomonidan imtiyozli kredit mablagʻlari, tadbirkorlik uchun yer maydoni ajratishda yordam berish, ish bilan taʼminlash, mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishda imtiyozlardan foydalanish va boshqa ijtimoiy muammolari boʻyicha murojaatlar kelib tushdi.

    Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

    Uchrashuvdan soʻng oʻquv yigʻiniga jalb qilingan yoshlarga yaratilgan sharoitlar, dars jarayonlari oʻrganilib tegishli koʻrsatmalar va tavsiyalar berildi.

    Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

    • view_icon 288
    : 2024-04-29 21:47:19