audio

    0+
    Sirdaryo viloyati IIBda 2024-yilning oʻtgan 3 oy yakuni boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahlili va muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi

    Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida soha vakillarining joriy yilning 3 oyi davomida qonunbuzarliklarning oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan faoliyati tahlil etildi. Viloyat IIB, sohaviy xizmatlar masʼullari, hududiy Ichki ishlar boshqarma va boʻlimlari boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari ishtirokida tashkil etilgan videoselektor yigʻilishini viloyat IIB boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarov olib bordi.

    Tanqidiy ruhda oʻtgan tadbirda viloyatda umumiy jinoyatlar soni kamaygan boʻlishiga qaramasdan bir qator hududlarda ayrim turdagi qonunbuzarliklar ortishiga yoʻl qoʻyilgani bildirildi.

    Oʻz navbatida jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan choralarni kuchaytirish, xususan tungi patrullikni samarali tashkil etish, jinoyat qilishi mumkin boʻlgan shaxslar bilan profilaktik tadbirlarni muntazam oʻtkazish, aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini yaxshilash, qidiruvdagi shaxslarni ushlash, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari hamda xonadonlarni qoʻriqlovga olish, kuzatuv kameralari sonini oshirish kabi qator masalalar koʻrib chiqilib, masʼullarga kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, yoʻl qoʻyilgan nuqsonlar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

    Yigʻilishda viloyat, shahar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha 3- sektor shtablarining faoliyatini kuchaytirish masalasi ham koʻrib chiqildi. Binobarin sektorlarda amalga oshirilgan ishlar shahar va tumanlar kesimida muhokama qilindi. Mazkur jarayonda asosiy eʼtibor aholi muammolarini hal qilish nuqtai nazaridan mahalla faollari bilan hamkorlik qilish, jinoyatlarning oldini olish, sektor rahbarlarining shaxsiy tashabbusi asosida yirik loyihalarni amalga oshirishga qaratildi.

    Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

    • view_icon 334
    : 2024-04-28 07:44:09