audio

    0+
    Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, 3-sektor rahbari Rahmat Mamatov Pastdargʻom tumani «Goʻzalkent» mahallasida «obod xonadon, obod koʻcha, obod mahalla» tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

    Jarayonlar asnosida ishni tezkor va sifatli tashkil etishga ahamiyat qaratish zarurligi qayd etildi.

    -Odamlar bizdan rozi boʻlishi kerak. Ishda unum va sifat muhim. Yoʻllar ravon boʻlsa, elektr taʼminoti, gaz, suv masalasidagi muammolar bartaraf etilsa aholining bugunidan mamnunligi ortadi,-dedi boshqarma boshligʻi.

    Hududda qurilish, bunyodkorlik koʻlamini yaxshilash borasida tuman mutasaddilariga koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

    Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

    • view_icon 225
    : 2024-04-28 07:50:38