audio

    0+
    Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov boshchiligidagi ishchi guruhi viloyat transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasida boʻldi

    Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bahodir Yuldashevich Mirzaraximov Navoiy viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasiga tashrif buyurib, Navoiy temir yoʻl vokzalida xizmat olib borayot xodimlarning xizmat faoliyati bilan tanishdi.

    Soʻngra boshqarma xodimlari bilan uchrashib bugungi kunda Ichki ishlar organlari sohasida olib borilayotgan oʻzgarishlarga barcha xodimlar birgalikda Vatan ravnaqi yoʻlida sadoqat bilan xizmat qilishlari lozimligi taʼkidlanib, xodimlarning xizmat intizomiga rioya qilishlari toʻgʻrisida kerakli koʻrsatmalar berildi. Shuningdek, temir yoʻl vokzalida yoʻlovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib ayrim kamchiliklar yuzasidan topshiriqlar berdi.

    Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

    • view_icon 271